Emizikli goʻdaklarni koronavirusdan qanday asrash mumkinligi maʼlum boʻldi

21:41 17 Aprel 2020 Dunyo
3877 0

foto by: Google

Ona suti chaqaloqlarni koronavirus infeksiyasidan asrashi mumkin. Bunday xulosaga amerikalik olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar yakunida kelindi. Tadqiqot doirasida yuzlab chaqaloqlarning sogʻligʻini kuzatilgan. Ilmiy ish natijalari Medical Xpress ilmiy portalida eʼlon qilindi.

Tadqiqotda mutaxassislar nima uchun baʼzi goʻdaklar koronavirus infeksiyasiga chalinyaptu-yu, baʼzi goʻdaklarda bu holat yoʻq degan savolga javob izlagan. Yakunda bolani aynan koʻkrak suti bilan ovqatlantirish muhim rol oʻynashini aniqlashgan.

Qayd etilishicha, bu holat chaqaloq va mikrobli atrof-muhitining oʻzaro taʼsirini taʼminlaydi, shuningdek, bolaning tanasiga ona suti bilan birga virusli populyatsiyalar ham kiradi. Biroq bu goʻdakka zarar yetkazmaydi. Aksincha, koronavirus infeksiyasidan himoya taʼsirini kuchaytiradi. Shuningdek, ona suti oshqozon-ichak trakti buzilishining oldini olish vositasi ham hisoblanadi.

Shundan kelib chiqib, mutaxassislar COVID-19 pandemiyasi davrida bolani emizishdan qoʻrqmaslik kerakligini taʼkidlashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер