Elektron kundalik xorijiy kompaniyaniki boʻlsa, bu bolalarning maʼlumotlarini xavfga qoʻymaydimi? — dolzarb savollarga aniq javoblar
AOKAdagi brifingda Xalq taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova aholidan tushgan savollarga javob berdi.
Savol: Oʻzbekistonda har kim bepul taʼlim olish huquqiga ega. Elektron kundalik uchun toʻlov bolaning bu huquqini cheklamaydimi?
Javob: Yoʻq, cheklamaydi.
Sababi kundalik yoki boshqa oʻquv anjomlari maktab tomonidan bepul berilmaydi; ota-onalar har doim oʻz farzandlari uchun zarur boʻlgan barcha narsalarni oʻzlari xarid qilib kelishgan.
Elektron kundalikning joriy etilishi bilan qogʻoz kundalikdan voz kechilmoqda. Bunda qogʻozli kundalikning oʻrtacha bahosi hisobi olinib, uning elektron muqobiliga yillik obuna — 9200 soʻmga baholanmoqda.
Savol: Elektron kundalik xorijiy kompaniyaniki boʻlsa, bu bolalarning maʼlumotlarini xavfga qoʻymaydimi?
Javob: Elektron kundalik foydalanuvchilari toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlar “Oʻzbektelekom” serverlarida saqlanadi.
Bu esa, oʻquv jarayonidagi barcha ishtirokchilarga oid shaxsiy maʼlumotlarning ishonchli himoyasini taʼminlaydi.
Bundan tashqari Kundalik.com TAS-IX hududida joylashgan boʻlib, platforma bilan ishlashda uyali aloqa operatorlari orqali foydalanilganda internet-trafik sarflanmaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring