Elektron ishonchnomalar soni 1-yilda 1 milliondan oshdi
my.gov.uz orqali “Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma (sotish, boshqa davlatga olib chiqib ketish huquqisiz) berish” xizmati ishga tushirilganiga ko‘p vaqt bo‘lgani yo‘q. Ammo qisqa muddat ichida ushbu xizmat yurtdoshlarimiz orasida juda ommalashib ketdi.
Xizmat 2022-yilning 6-sentyabrida ishga tushirilgan. 2024-yilning 1-yanvaridan 2025-yil 1-mart holatiga ko‘ra, my.gov.uz orqali 1 milliondan ortiq elektron ishonchnoma rasmiylashtirildi.
Eng ko‘p rasmiylashtirishlar Toshkent shahri, Andijon va Samarqand viloyatlarida qayd etildi.
my.gov.uz orqali elektron ishonchnoma olish, avvalo, uydan chiqmasdan, onlayn rasmiylashtirish mumkinligi, an’anaviy usulga qaraganda ancha tez jarayonligi, talab etiluvchi hujjatlarning minimalligi, to‘lovda 10 foiz chegirma berilishi bilan qulaydir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring