Elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi
Oʻzbekistonda elektromobillarni quyosh stansiyasi yordamida yuqori tezlikda zaryadlovchi qurilma yaratildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan elektromobillarni zaryadlovchi maxsus qurilma loyihasi moliyalashtirilgan boʻlib, ushbu loyiha asosida Oʻzbekiston iqlimiy sharoitini hisobga olgan holda energiya saqlash tizimiga ega boʻlgan quyosh fotoelektrik tizimlari orqali mahalliy elektr tarmogʻi bilan parallel holda ishlaydigan elektromobillarni tez zaryadlash qurilmasi yaratildi.
U Energetika vazirligi huzuridagi Qayta tiklanuvchi energiya manbalari milliy ilmiy-tadqiqot institutining yetakchi olimi, texnika fanlari doktori Nuraddin Matchanov boshchiligidagi bir guruh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan.
Loyihani bajarish jarayonida quyosh fotoelektr stansiyalarini oʻrnatish hamda markaziy elektr tarmoqlariga xavfsiz ulash uchun har bir stansiyaning quvvati va har bir hudud uchun texnik talablar ishlab chiqiladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring