Elektr energiyasini behuda sarflagan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan taʼsir choralari koʻrilmoqda
“Oʻzenergoinspeksiya” Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan elektr energiyasidan nooqilona foydalanishni oldini olish maqsadida isteʼmolchilarga tegishli tartibda tushuntirish va profilaktika ishlari olib borilmoqda.
Ammo ayrim tadbirkorlar tomonidan berilgan tushuntirishlarga eʼtiborsizlik bilan qarash natijasida kunning yorugʻ vaqtida koʻcha chiroqlarini yoqib qoʻyib foydalanish holatlari aniqlandi.
Xususan, joriy yilning oktyabr oyining oʻzida 12 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqiy chora koʻrish uchun sud organlariga topshirildi.
Sud tomonidan 5 ta tadbirkorlik subyektiga ogohlantirish hamda jarima taʼsir choralari koʻrildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring