Elektr energiyasi ta'minotida rejali uzilish

11:01 21 Iyul 2023 Jamiyat
992 0

Uzoq vaqt davomida foydalanishda bo‘lgan elektr ta’minoti kabellarini, transformatorlarni modernizatsiya qilish hamda shu orqali isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash, elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarning oldini olish hamda kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, bugun, 21-iyul kuni olib boriladigan ta'mirlash ishlari sababli quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda Toshkent shahar matbuot xizmatining Telegram-kanalida xabar berildi.

Soat 17:00 gacha:

- «Rakatboshi», «Bahor», «Tashisti» MFYlarida qisman.

O‘z navbatida, yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz.

«Hududiy elektr tarmoqlari» AJ Toshkent shahar filiali mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер