Ekstremistik oqim gʻoyalari targʻibotchisiga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Buxoro viloyatining Gʻijduvon tumanida yashovchi, 1989-y.t. B.J. 2015-2021-yillarda Moskva shahridagi oliy taʼlim muassasasida oʻqishi davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali “Salafiylar” DEO taʼsiriga tushib, “Telegram” messenjerida 2 ta guruh ochgan va ushbu diniy ekstremistik oqim gʻoyalarini targʻib qilish bilan shugʻullangan.
Shuningdek, Oʻzbekistonga qaytib kelganidan keyin ham u oʻzining noqonuniy harakatlarini davom ettirib, ekstremistik gʻoyalarni yaqin qarindoshlariga targʻib qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu shaxsning noqonuniy faoliyatiga chek qoʻyildi.
Din ishlari boʻyicha qoʻmita xulosasiga koʻra, uning mobil telefon apparati xotirasida aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan materiallar mavjud boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallar sirasiga kiradi.
Hozirda B.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring