Ekspertlar yilning eng yaxshi avtomobilini aniqlashdi

Ekspertlar tomonidan “World Car Awards — 2018” tanlovining g’oliblari aniqlandi.
Unga ko’ra, “Volvo XC60”(Shvetsiya) “Yil mashinasi” deb topildi. “Audi A8” “Yilning eng hashamatli avtomobili”, “BMW M5” “Yil sport mashinasi”, “Volkswagen Polo” “Yilning eng yaxshi shahar mashinasi” deya e’tirof etildi. Bularning barchasi Germaniyada ishlab chiqarilgani bilan e’tiborlidir.
Yaponiyaning “Nissan Leaf” markasi “Yilning eng ekologik toza mashinasi” deya tan olindi. “Yilning eng yaxshi dizayni” degan nominatsiyaga Buyuk Britaniyaing “Range Rover Velar” brendi sazovor bo’ldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring