Ekoshaharga avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

13:01 11 Noyabr 2024 Jamiyat
331 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Fargʻona viloyati hokimligi tashabbusi bilan viloyat markazi va barcha shahar-tumanlarda jamoat transporti faoliyatini yaxshilash maqsadida xorijdan soʻnggi rusumdagi zamonaviy avtobuslar olib kelinmoqda. Joriy yilda Xitoydan 48 ta yangi avtobuslar olib kelinib, ichki yoʻnalishlarga joylashtirildi.

— Ezgu tashabbus doirasida shu kunlarda viloyat markazida bunyod etilayotgan Ekoshaharni shahar markazi va boshqa hududlari bilan bogʻlovchi 12 ta yangi avtobuslar qatnovi yoʻlga qoʻyildi, — deydi Fargʻona viloyati transport boshqarmasi boʻlim boshligʻi Shamsurbek Mahmudov. — Boisi Ekoshahar aholisi kundan-kunga koʻpayib, ushbu hudud viloyatning oʻziga xos turistik manziliga ham aylanmoqda.

Aytish joiz, 300 gektar maydonda barpo etilayotgan Ekoshaharda 65 ming aholi istiqomat qilishi uchun zarur qulayliklar muhayyo etilmoqda. Shuningdek, ushbu maskanda 4 ming tomoshabinga moʻljallangan amfiteatr, 70 gektarda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻi, sunʼiy koʻl, musiqiy favvoralar va xiyobonlar, taʼlim muassasalari mavjud.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер