Ekoqoʻmita yovvoyi hayvonlarni tutishga ruxsatnoma berilgan shaxslar va undirilgan haq miqdorlarini eʼlon qilishi majburiy etib belgilandi

00:00 17 Iyun 2021 Jamiyat
2593 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmonni imzoladi.

Farmonga koʻra, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi 2021-yil 1-avgustga qadar doimiy ravishda yangilab turiladigan Ov qilish va ovchilik xoʻjaliklari toʻgʻrisidagi axborot bazasini Qoʻmitaning rasmiy veb-saytida va Portalda ishga tushiradi.

Bunda, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi bilan birgalikda “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunning 36-moddasida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan bir qatorda quyidagi maʼlumotlar mazkur axborot bazasida aks ettirilishini taʼminlaydi:

ovchilik xoʻjaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish toʻgʻrisidagi tuzilgan barcha shartnomalar, ovchilik xoʻjaligini yuritish huquqi tugatilgan holatlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma berilgan barcha shaxslar va ruxsatnomadagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

Oʻzbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir berilgan barcha ruxsatnomalar va ulardagi maʼlumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasining oʻrmon-ovchilik xoʻjaliklari tomonidan berilgan ovchilik yoʻllanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) hamda undirilgan haq miqdorlari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер