Ekopolitsiya: OKMK qoʻshimcha 48 mlrd soʻm kompensatsiya toʻlaydi

08:56 10 Aprel 2026 Jamiyat
175 0

“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ ekologik talablarni buzgani uchun qoʻshimcha 48 mlrd soʻm kompensatsiya toʻlashi belgilandi. Bu haqda Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Ekopolitsiya tomonidan Toshkent viloyati hududida navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbirlari oʻtkazilgan. Reyd davomida “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ faoliyati oʻrganilganida mazkur korxona tomonidan bir qator ekologik talablar buzilgani aniqlangan.

Korxona tomonidan ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan xavfli toifaga kiruvchi chiqindilar noqonuniy tarzda ochiq maydonlarda saqlanayotgani, saqlash jarayonida esa yer va yerosti suvlariga salbiy taʼsir koʻrsatayotgani maʼlum boʻlgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan kon boshqarmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonida hosil boʻlgan oqova suvni tozalash inshootida samarali tozalash belgilangan boʻlsa-da, tozalash uskunalari eskirgani, tozalash samaradorligi pastligi sababli ushbu oqova suvlar chiqindiga aylanib, Angren daryosiga oqizilgani qayd etilgan.

Mazkur qonunbuzarlik yuzasidan korxonaga nisbatan 48 milliard soʻm qoʻshimcha kompensatsiya belgilangan. Shuningdek, 20 banddan iborat bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер