YEXHT Oʻzbekistondagi jazoni ijro etish muassasalariga gumanitar yordam yubordi

11:51 14 Aprel 2020 Jamiyat
1176 0

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori mamlakatimizdagi jazoni ijro etish muassasalariga insonparvarlik yordamini koʻrsatdi. Bundan koʻzlangan maqsad IIV JIEBB tomonidan koronavirus infeksiyasini kirib kelishining oldini olishda olib borilayotgan ishlarga koʻmaklashishdir.

Bosh boshqarma axborot xizmatining maʼlum qilishicha, insonparvarlik yordami oʻz ichiga 15 turdagi turli tibbiy himoya (yuz niqoblari, tibbiy qoʻlqoplar, himoya kostyumlari, bogʻlov materiallari), kir yuvish va shaxsiy gigiyena hamda antibakterial vositalarni jamlagan boʻlib, uning umumiy qiymati 180 million soʻmdan ortiqdir.

Ushbu vositalar tarbiya koloniyasidagi voyaga yetmagan mahkumlar va mahkuma ayollarning koloniyasida jazo muddatini oʻtayotgan maxsus kontingent uchun, shuningdek, ushbu muassasalarda xizmat qilayotgan xodimlarga maqsadli ravishda yetkazib berildi.

Oʻz navbatida IIV JIEBB rahbariyati jazoni ijro etish muassasalarida SOVID-19 infeksiyasi kirib kelishining oldini olish boʻyicha koʻrsatilgan insonparvarlik yordami uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Oʻzbekistondagi loyihalar koordinatori, elchi Jon Makgregorga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер