YEK Ukraina uchun oʻq-dorilar ishlab chiqarishga 1,5 milliard yevro ajratadi

22:45 03 May 2023 Dunyo
819 0

Foto: AFP

Yevropa Komissiya (YEK) Ukraina uchun oʻq-dorilar ishlab chiqarish uchun yana bir yarim milliard yevro ajratadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Aʼzo davlatlar bilan birgalikda biz Ukraina uchun yanada koʻproq oʻq-dorilar sotib olamiz — buning uchun qoʻshimcha milliard yevro ajratmoqdamiz”, deyiladi Yevropa Ittifoqi ijroiya organi rahbari Ursula fon der Leyen bayonotida.

Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi davlatlari 12 oy ichida Kiyevga million dona artilleriya oʻqlari yetkazib berishga vaʼda berdi. Buning uchun Yevropa tinchlik fondidan milliard yevro ajratiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер