Ehtiyojmand oilalar — doimiy eʼtiborda

21:52 30 Dekabr 2021 Jamiyat
948 0

Сурхондарё

Davlatimiz rahbarining  “Aholining kam taʼminlangan qatlamlarini qoʻllab-quvvatlash va ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga binoan Yangi yil bayrami oldidan “Temir daftar” roʻyxatida boʻlgan, 18 yoshga toʻlmagan farzandlari bor, boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi yoki nafaqasini oluvchi hamda nogiron bolalari bor oilalarga 800 ming soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam koʻrsatilmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimi Toʻra Bobolov Termiz tumanining “Orol” MFYda boʻlib, “Temir daftar” roʻyxatida turgan bir necha oilalar holidan xabar oldi. Xonadon egalariga Prezidentning Yangi yil tabrigi, bir martalik moddiy yordam puli va bayram sovgʻalarini topshirdi.

— Turmush oʻrtogʻim ikkinchi guruh nogironi. Oilaviy daromadimiz kam. Bizning oila “Temir daftar” roʻyxatiga olingach,  davlatimiz va xalqimizning doimiy eʼtibori va gʻamxoʻrligini his etish barobarida roʻzgʻorimizga fayz kirdi, — deydi “Orol” mahalla fuqarolar  yigʻinida yashovchi Muazzam Aliqulova. — Sektor rahbarlari,  mahalladoshlarimizning beminnat moddiy  va maʼnaviy koʻmagi  koronavirus pandemiyasi davrida, ayniqsa, bizga katta dalda boʻldi. Yangi yil bayrami arafasida Prezidentimizning sovgʻasini olib, yanada quvonib ketdik. 2022-yilni mana shunday koʻtarinki va yangi umidlar bilan kutib olayotganimiz — baxtimizdir.

Yangi yil bayrami arafasida Surxondaryo viloyatida yashovchi 43  ming 49  oilaga 34,3 mlrd. soʻm miqdorida bir martalik moddiy yordam berilishi nazarda tutilgan.

Ilhom Rahmatov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер