Efiopiyada kamida 48 kishi suv toshqinlari va koʻchkilar qurboni boʻldi
Efiopiya janubidagi Gamo mintaqasida kuzatilgan suv toshqinlari va yer koʻchkilari oqibatida kamida 48 kishi halok boʻldi, yana 95 kishi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanmoqda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Tabiiy ofatlar 9-martdan 11-martgacha davom etgan kuchli jala quyishi natijasida yuzaga kelgan.
Noqulay ob-havo infratuzilmaga jiddiy zarar yetkazdi. Mintaqadagi koʻplab yoʻllarni suv yuvib ketgan yoki toʻsilib qolgan, bu esa jamoat transporti harakatida uzilishlar keltirib chiqarib, jabrlanganlarga yordam koʻrsatishni sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda.
Hozirda mutaxassislar tomonidan qidiruv-qutqaruv operatsiyalari davom ettirilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring