“EA Sports FC 25” muqovasidan qaysi futbolchi joy olishi maʼlum boʻldi. U Messi ham, Ronaldu ham, Mbappe ham emas (Video)
Angliya terma jamoasi va “Real Madrid” klubi futbolchisi Jud Bellingem “EA Sports FC 25” video oʻyinining muqovasidagi asosiy futbolchi boʻladi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy sahifalarida maʼlum qilingan.
Shu tariqa “Qirollik klubi” yulduzi “EA Sports” tarixidagi global muqova yuzidan joy olayotgan eng yosh futbolchiga aylanmoqda. Ayni paytda u 21 yoshda. Muqovada Bellingem oʻtgan aprel oyida “Barselona”ga qarshi oʻyinda urgan golini nishonlayotgani tasvirlangan.
Bellingem, shuningdek, Devid Bekxem, Zinedin Zidan, Janluiji Buffon, va Aytana Bonmati kabi mashhur oʻyinchilar bilan birga oʻyinning “Ultimate Edition” muqovasida ham boʻladi. Jud oʻzining hayajonini bildirib, ushbu oʻyinni oʻynab katta boʻlganini va bir kun kelib muqovada boʻlishni orzu qilganini aytadi.
Qayd etish kerakki, u 2011-yildan beri ushbu oʻyin simulyatori muqovasidagi birinchi ingliz futbolchisi boʻladi. Oʻtgan yozda “Real Madrid”ga qoʻshilgan Bellingem oʻzining birinchi mavsumidayoq La Liga va UYEFA Chempionlar Ligasida gʻolib chiqdi. U shuningdek, Angliya terma jamoasiga “Yevro-2024” finaliga chiqishga yordam berdi.
“EA Sports FC” brendi vitse-prezidenti Devid Jekson Bellingemni isteʼdodi va fidoyiligi uchun eʼtirof etib, uning klubi va mamlakati uchun koʻrsatayotgan oʻyinlarini alohida taʼkidlagan.
Avvalroq, dunyoning eng qimmat futbol klublar reytingi eʼlon qilingandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring