Dzyudo: Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi
Toshkentda start olgan dzyudo boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining birinchi kun bellashuvlari ortda qoldi.
Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 4 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza, jami 10 ta medalga sazovor boʻldi. Shubhasiz, bu birinchi kundan soʻng umumjamoa hisobida birinchi oʻringa koʻtarilib olishimizga zamin yaratdi.
Bugun shohsupaga koʻtarilgan hamyurtlarimiz bilan tanishing:
Oltin medal:
-40 kg: Umida Qoʻldosheva
-44 kg: Laziza Haydarova
-48 kg: Zarina Jamolova
-52 kg: Rayhona Mamatova
Kumush medal:
-66 kg: Inoyat Telmanov
-48 kg: Sabina Azamatova
Bronza medal:
-50 kg: Yunusbek Shavkatov
-55 kg: Hasanboy Elmurodov
-66 kg: Oybek Rajabov
-44 kg: Maxfira Roʻziboyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring