Dzyudo: Muhriddin Tilovov Almada Gran-prisida chempion!
Almada shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasining 1-kuni yakuniga yetdi. Unda qatnashayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi kunni 1 ta oltin medal bilan tugatdi.
-66 kg. vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Muhriddin Tilolov kun qahramoniga aylandi. Qashqadaryolik polvon bugun yoʻliga roʻbaroʻ boʻlgan barchani, hatto finalda ikki karra Olimpiada sovrindori koreyalik An Baulni dogʻda qoldirdi.
Afsuski, -57 kg. vazn toifasida bronza medali uchun bahsda britaniyalik Nekoda Smit-Devis hamyurtimiz Nilufar Ermaganbetovadan ustun keldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring