Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Toshkent shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi musobaqa boshlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasining rasmiy saytida xabar berildi.
“Poytaxtimizdagi ʼHumo arenaʼ majmuasida dzyudo boʻyicha ʼKatta dubulgʻaʼ tasnifidagi nufuzli musobaqa start oldi. Bu yilgi bellashuvlarda barcha qitʼalardan tashrif buyurgan 400 nafarga yaqin sportchi bahs olib boradi”, — deyiladi qoʻmita xabarida.
Qoʻshimcha maʼlumot uchun, bugun musobaqaning birinchi kuni doirasida erkaklar -60 va -66 kilogramm vazn toifasida, ayollar esa -48, -52 va -57 kilogramm vazn toifalarida bahslarga kirishadilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring