Dushanbeda park Alisher Navoiy sharafiga qayta nomlanadigan bo’ldi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahridagi “Yoshlarning 50 yilligi” parki buyuk shoir Alisher Navoiy sharafiga qayta nomlanadi.
Bu haqda mazkur davlat rahbari Imomali Rahmon tomonidan qabul qilingan farmoyishda belgilab qo’yilgan, deb yozadi “REGNUM”.
Shuningdek, bog’da O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi do’stlik ramzi sifatida Alisher Navoiy hamda Abdurahmon Jomiy haykallari o’rnatiladi.
Qayd etib o’tish lozimki, yuqoridagi hujjat O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2018 yil 9-10 mart kunlari Tojikistonda davlat tashrifi bilan bo’lishi arafasida qabul qilindi.
Ma’lumot uchun, XV asrda yashab, ijod qilgan shoirlar Navoiy va Jomiy do’stligi O’zbekiston va Tojikiston o’rtasidagi birodarlik timsoli deya hisoblanib kelinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring