Durdona Rahimova yana Toshkent shahar hokimligida faoliyatini davom ettiradigan boʻldi
Foto: Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati
Durdona Shukurullayevna Rahimova Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bugungi kunga qadar u Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari vazifasida ishlab kelgan edi.
Durdona Rahimova 2020-yil mart oyida Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlangan edi.
2023-yilning yanvar oyida esa Prezident qarori bilan Yoshlar siyosati va sport vazirining oʻrinbosari vazifasiga tayinlangandi.
Durdona Rahimova mehnat faoliyatini 2012-yilda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Jizzax viloyati Kengashi iqtidorli yoshlar va yosh olimlar bilan ishlash boʻlimi mudiri sifatida boshlagan hamda oʻtgan yillar davomida qator masʼul vazifalarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelgan.
U Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi lavozimida ishlagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring