“Duoba” obod manzilga aylandi

10:48 11 Dekabr 2023 Jamiyat
351 0

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri Behzod Musayev Surxondaryo viloyati Boysun tumanining olis “Duoba” mahallasidagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Bir necha oy avval hududda boshlangan qurilish-obodonlashtirish ishlari davomida 180 oʻrinli maktab va 80 oʻrinli maktab filiali, 50 qatnovga moʻljallangan shifokorlik punkti hamda mahalla idorasi binosi qurilib, jihozlandi. 

Hududdagi qabriston atrofi oʻralib, ziyoratchilar uchun sharoitlar yaratildi. 7 ta sel-suv toshqinlaridan zarar yetgan yoʻllar taʼmirlanib, 47 km yoʻlga shagʻal yotqizildi. 2 ta transformator punkti qurilib, 1,6 km masofaga kabel simlari tortildi.

Mahallaning Qayroq va Gumatak qishloqlariga ichimlik suvi tarmogʻi tortildi. Hozirda Duoba daryosi ustidan oʻtuvchi yangi koʻprik bunyod etilmoqda. 

8-dekabr – Konstitutsiya kuni munosabati bilan “Duoba” mahallasida tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Vazir Behzod Musayev bayram tadbirida soʻzga chiqib, boysunliklarni qoʻshaloq ayyom bilan qutladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер