Dunyoning eng qimmat avtomobil kompaniyasi maʼlum boʻldi
Foto: autoreview.ru
Kapitallashuvi 190 milliard dollarga yetgan “Tesla” dunyodagi eng qimmat avtomobil kompaniyasiga aylandi.
“Bloomberg” tomonidan maʼlum qilinishicha, Ilon Mask kompaniyasining aksiyalarining bir donasini narxi ming dollardan oshgan. Yaʼni, yil boshida “Tesla”ning bir dona aksiyasini 420 dollariga sotib olish mumkin boʻlgan boʻlsa, endilikda uning qiymati 1025 dollarga yetgan. Natijada olti oy ichida “Tesla” aksiyadorlari kapitali deyarli 2,5 baravarga oshgan.
Reytingning ikkinchi pogʻonasi “Toyota” (182 milliard dollar), uchinchi oʻrnini esa “Volkswagen” (75 milliard dollar) egallagan. Kuchli beshlikdan, shuningdek, “Honda” (48 milliard dollar) va “Daimler AG” (41 milliard dollar) joy oldi.
Izohlanishicha, “Tesla” aksiyalarining bu kabi oʻsishi Xitoyda elektr avtomobillarga boʻlgan talabning ortgani bilan bogʻliqdir.
Shu bois kompaniya Shanxayda ochilgan yana bir zavod faoliyatini yoʻlga qoʻygan va bu yerda yil oxiriga qadar 100 mingta avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring