Dunyoning 30 foiz aholisi hali ham koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlanmagan — JSST

13:02 21 Dekabr 2022 Dunyo
500 0

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Sayyoramizda epidemiologik vaziyat barqarorlashgani yoʻq. Koronavirus hanuz ogʻir asoratlarga sabab boʻlmoqda. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti eksperti Mariya van Kerxovening taʼkidlashicha, haftasiga 8-10 ming kishi COVID-19 qurboniga aylanyapti.

Mutaxassis xulosasiga koʻra, bu holat odamlarning emlanishga yetarlicha eʼtibor qaratmayotgani bilan bogʻliq. Masalan, Yer yuzi aholisining 30 foizi hali ham vaksinaning birinchi dozasini olmagan.

Vaholanki, jahonda yashovchilarning kamida 70 foizi toʻliq bosqichda emlanmagunicha global maqsadlarga erishish imkonsiz.

Hozir dunyoda “omikron” shtammining 500 dan ortiq subvariantlari mavjud va koronavirus mutatsiyasi yana davom etmoqda. Demak, xotirjamlikka berilishga hali erta va emlanish uchun kech emas.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер