Dunyodagi eng mashhur va eng xaridorgir smartfonlar nomi eʼlon qilindi
Apple kompaniyasi tomonidan 2016-yilning kuzida ishlab chiqarilgan iPhone7 dunyodagi eng mashhur smartfon deya qayd etildi.
Hozirga qadar u eng koʻp ishlatiladigan telefon modeli boʻlib qolmoqda, deb yozadi Fox Business DeviceAtlas taµliliy kompaniyasiga tayanib.
Tadqiqot uchun taµlilchilar Umumjahon veb-konsorsiumi (W3C) tomonidan taqdim etilgan 2019-yilning internet-trafik statistikasidan foydalanishdi. Maʼlumotlar Xitoydan tashqari 36 ta eng yirik jahon bozorlaridan toʻplandi. Natijada xaridorlar orasida yetakchi smartfon sifatida toʻrt yil oldin ishlab chiqarilgan iPhone7 taʼkidlandi.
Appleʻning boshqa modellari ham dolzarbligini yoʻqotmadi, ularning orasida iPhone 8, 6 va Xga alohida eʼtibor qaratildi.
Samsung esa mashhurlik reytingida ikkinchi oʻrinni egalladi. Zero, 2019-yil davomida Galaxy S8 va S9 smartfonlari koʻplab mamlakatlarda yetakchi oʻrinlarni egallab turdi.
Jahon boʻylab eng koʻp sotilgan smartfon maqomi ham Appleʻga nasib qildi. Birgina 2020-yilning boshida xaridorlar tomonidan koʻpincha iPhone 11 va Xr sotib olindi.
AQSHda esa Apple smartfonlari eng koʻp sotiladigan modellar reytingida birinchi beshlikdan joy oldi. Shu bilan birga, Yevropadagi foydalanuvchilar Samsung Galaxy A50 ni ham afzal koʻrishdi.
Afrika, Lotin Amerikasi va Yaqin Sharqda SamsungGalaxy A10 eng koʻp sotiladigan smartfonga aylandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring