Dunyoda soʻnggi toʻrt haftada koronavirusni yuqtirish holatlari 36 foizga oshdi — JSST

15:14 22 Dekabr 2022 Dunyo
728 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha 3,7 milliondan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 10,5 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.

Tahlillarga koʻra, 12-18-dekabr sanalarida kasallanish koʻrsatkichlari undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foizga oshdi. Oʻlim holatlari esa 6 foizga kamaydi.

Bemorlar sonining sezilarli koʻpayishi Janubiy va Shimoliy Amerika (+18 foiz) hamda Gʻarbiy Tinch okeani mintaqasi (+8 foiz) mamlakatlarida qayd etildi. COVID-19 qurbonlari esa Amerika mintaqasida koʻpaydi (+3 foiz).

Shuningdek, JSST koronavirus bilan bogʻliq soʻnggi 4 haftalik tahlillarni ham eʼlon qildi. Unga koʻra, ushbu muddatda sayyoramiz boʻyicha COVID-19ga chalinish holatlari undan avvalgi 28 kunga qaraganda 36 foizga oshgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер