Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 115 million nafardan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 115 million 653 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 571 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 353 528 yangi holati aniqlandi, 7 192 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 116 million 502 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 587 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 28,468 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (11,192 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (10,793 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,312 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,207 milliondan ortiq).
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring