Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 2 million nafarga yaqinlashdi
Kecha oʻlim koʻrsatkichi yana yuqori boʻldi, JSST maʼlumotiga koʻra soʻnggi sutka davomida dunyoda COVID-19 dan 12,2 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 90 million 335 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 954 mingdan ziyod kishi vafot etgan (13.01.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 18:51 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 593 409 yangi holati aniqlandi, 12 295 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (14.01.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 92 million 348 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 1 million 978 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 22,428 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,495 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (8,131 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (3,471 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (3,164 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 198 788, Hindistonda 15 968, Braziliyada 25 822, Rossiyada 22 850, Buyuk Britaniyada esa 45 533 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring