Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 170 million nafardan oshdi

15:20 01 Iyun 2021 Dunyo
1112 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 170 million 051 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 3 million 540 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 446 860 yangi holati aniqlandi.9 600 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 170 million 721 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 3 million 550 mingdan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:

AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 32,929 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.

Ikkinchi oʻrinda Hindiston (28,047 milliondan ortiq),

uchinchi oʻrinda Braziliya (16,471 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 12 677, Hindistonda 152 734, Braziliyada 79 670 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 1 milliard 897 milliondan ortiq doza vaksina qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер