Dunyoda koronavirus qurbonlari soni 900 mingdan oshdi

09:10 10 Sentyabr 2020 Dunyo
667 0

Dunyoda koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni 900 mingdan oshdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti maʼlum qildi.

10-sentyabr kungi maʼlumotlarga koʻra, jahon boʻyicha 902 468 kishi kovid qurboni boʻlgan, 18,6 mln.dan ortiq bemor tuzalgan. Kasallikni yuqtirib olganlarning umumiy soni 27,7 mln.ga yetgan.

Virusdan halok boʻlish bilan bogʻliq eng koʻp holat AQSHda(190,8 ming) kuzatilmoqda. Keyingi oʻrinlarda Braziliya(128,5 ming), Hindiston(73,8 ming) boryapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер