Dunyoda koronavirus. Ispaniyada motam, Gruziyada bayram va boshqa yangiliklar
— Jons Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 5,3 mln.dan oshib ketdi, 342 mingdan ziyod bemor vafot etgan, 2,1 mln.dan ziyod inson tuzalgan.
— Rossiyada koronavirusga chalinganlar soni 335 mingdan oshdi, 107 mingdan ziyod bemor sogʻaygan boʻlsa, 3388 nafari hayotdan koʻz yumgan.
— Braziliyada oʻtgan sutkada bemorlar soniga 16 508 kishi qoʻshildi, ular 347 mingdan oshib ketdi. Qurbonlar soni 22 mingdan ziyodni tashkil etmoqda.
— Meksikada bir kunda virusga chalinish bilan bogʻliq 3329 ta yangi holat aniqlandi. Mamlakatda bemorlar soni 65 mingdan koʻpaygan. 7179 kishi hayotdan koʻz yumgan.
— Argentina prezidenti mamlakatda karantinni 7-iyungacha uzaytirdi. Eng yirik Buenos-Ayres provinsiyasida kuzatish funksiyasiga ega ilovalarni telefonlarga oʻrnatib olish majburiy qilib qoʻyildi. U siz va harakatlanish uchun beriladigan ruxsatnomasiz jamoatchilik transportidan foydalanish mumkin emas.
— Ispaniyada oʻtgan sutkada 48 kishi infeksiyadan vafot etdi. Yana 361 kishida virus aniqlangan. Mamlakatda bemorlar soni 235 mingdan ziyod, 28 mingdan ortiq bemor hayotdan koʻz yumgan.
— Qozogʻistonda bir kunda bemorlar soni 403 taga koʻpaygan. Bemorlar soni 8322 kishiga yetgan. Shulardan eng koʻpi Olmotada — 2164 nafar. 35 inson dunyodan koʻz yumgan.
— Turkiya sogʻliqni saqlash vaziri Faxrettin Koda mamlakatda oʻtgan kuni Covid-19 yana 1186 kishida aniqlanganini maʼlum qildi. Shu kuni 32 kishi virus tufayli vafot etgan. Qurbonlarning umumiy soni 4308 taga yetgan. Mamlakatda bemorlar soni 155 mingdan oshib ketgan.
— Tokioda oʻtgan kuni virusga chalinish bilan bogʻliq ikkita holat qayd etildi. Bu pandemiya paytidagi eng past koʻrsatkchidir.
— Ispaniyada 26-may kuni pandemiya qurbonlari uchun 10 kunlik motam eʼlon qilinadi.
— Ispaniyaga turistlarning kirishi uchun iyul oyidan ruxsat beriladi.
— Gruziya aholisi favqulodda holat va komendantlik soati bekor qilinganini mushakbozlik, poqildoqlar va mashinalarning signallari bilan nishonlashdi. Odamlar Tbilisining markaziy koʻchalariga chiqishib, bir-birlarini tabriklashdi. Favqulodda holat rejimi 21-martdan doriy qilingan edi.
— Kiyevda yerusti jamoatchilik transporti ishlay boshladi, shuningdek, maydoni ming metr kvadrat boʻlgan doʻkonlar ochilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring