Dunyoda koronavirus. Eng soʻnggi yangiliklar

13:31 05 Aprel 2020 Dunyo
2356 0

— Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni 1 mln. 2 ming nafarga yetdi, shundan 64 ming nafari vafot etdi, 246 ming nafari tuzaldi.

Yevropada:

— Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonning kelini koronavirusga chalinganini maʼlum qildi;

— qirolicha Yelizaveta II britaniyaliklarni sarosimaga tushmaslik va sabr-toqatli boʻlishga chaqirdi;

— Italiyada koronavirusga qarshi vaksinani 2021-yilga kelib ishlab chiqarish rejalashtiryapti.

AQSHda:

— Donald Tramp ushbu va kelayotgan haftada AQSHning koʻplab fuqarolari koronavirus tufayli hayotdan koʻz yumishi mumkinligini maʼlum qildi;

— AQSH prezidenti COVID-19ni yuqtirib olganlar soni eng koʻp boʻlgan shtatlar orasida ichki reyslar toʻxtatilishi mumkinligini taʼkidladi;

— AQSH hukumati qator shtatlarga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish uchun qoʻshimcha minglab harbiylarni joʻnatmoqda.

Xitoyda:

— sutka davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirish bilan bogʻliq 30 ta holat aniqlandi, shulardan 25 nafar bemor xorijdan kelgan, uch kishi hayotdan koʻz yumgan;

Boshqa mamlakatlarda:

— Ukrainada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 129 ta yangi holat qayd etildi; 

— Belarusda koronavirus infeksiyasi tufayli maktab taʼtillarini 11-aprelgacha uzaytirishga qaror qilindi;

— Braziliyada 10 mingdan ortiq kishi koronavirusni yuqtirib olgan

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер