Dunyoda koronavirus. AQSHda virus qurbonlari soni 50 mingdan oshib ketdi va boshqa yangiliklar
— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni 2,7 mln. nafardan oshdi, 193 mingdan ortiq bemor vafot etgan, 760 mingdan ziyodi tuzalgan.
— AQSHda virusni yuqtirganlar soni 870 mingdan koʻpaydi, 50 mingdan ziyod inson hayotdan koʻz yumdi.
— AQSH harbiy dengiz flotining Kidd esminetsida koronavirus tarqaldi. Kema portga qaytariladi, unga sanitarik ishlov beriladi, jamoaning bir qismi qirgʻoqda qoldiriladi.
— Ispaniyada bir sutkada 367 bemor vafot etdi. Bu 20-martdan buyon qayd etilgan eng past koʻrsatkichdir.
— Italiyada epidemiya boshlangandan buyon tojdor virus qurbonlari sonining oʻsishi boʻyicha eng past daraja kuzatildi. Bir sutkada 420 bemor hayotdan koʻz yumgan boʻlsa, umumiy qurbonlar soni 25 969 nafarga yetdi.
— Xitoyning Xaynan hududidagi shifoxonalarda va karantinda koronavirusga chalingan birorta bemor qolmadi. Kasalxonadan ruxsat berilgan soʻnggi bemor Xubeydan kelgan ayol boʻldi.
— Parijda 11-maydan keyin jamoatchilik harakati 70 foiz qayta tiklanadi. Bungacha mamlakatda oʻzini oʻzi yakkalash rejimi amalda boʻlib turadi. Fransiyada 120 mingdan ortiq inson virusga chalingan, qariyb 22 ming bemor halok boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring