Dunyoda koronavirus. Ayni paytga kelib uchta vaksina sinovda, yana 70 tasi yaratilyapti

23:22 15 Aprel 2020 Dunyo
1139 0

- Jons Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda infeksiyaga chalinganlarning umumiy soni 2 milliondan oshdi, 129 mingdan ortiq kishi vafot etdi;

- JSST bosh direktori koronavirusga qarshi uchta vaksina klinik sinovlardan oʻtkazilayotgani, yana 70 tasi ishlab chiqish jarayonida ekanligini maʼlum qildi;

— Jahon banki koronavirus pandemiyasi munosabati bilan 200 milliard dollar yoʻnaltiradi;

- Italiyada koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq yangi holatlar sutkasiga 3 mingtadan past. Kun davomida 578 kishi vafot etdi;

- Belgiyada karantin may oyiga qadar uzaytirildi. Mamlakatda 33 mingdan ortiq kishi virusni yuqtirgan, 4,4 mingdan ortiq odam vafot etdi;

- AQSHda sanoat ishlab chiqarish hajmlarida 1964-yildan buyon antirekord oʻrnatildi. Mamlakatda 610 mingdan ortiq kishi koronavirus bilan kasallangan. 26 mingdan ortiq bemor vafot etdi;

- Louis Vuitton brendi himoya niqoblari ishlab chiqarishni boshladi;

- Chexiyada cheklovchi chora-tadbirlarni yengillashtirishga qaror qilindi: keyingi haftadan oliy oʻquv yurtlarining yuqori kurs talabalariga oʻqishga borishga ruxsat etiladi, bir qator korxonalar, dehqon bozorlari va avtosalonlar ochiladi;

— eng mashhur velosiped poygasi — “Tur de France” avgust oyining oxiriga qoldirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер