Dunyoda bir kunda 10 mingdan ortiq bemor koronavirusdan vafot etdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 112 million 209 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 490 mingdan ziyod kishi vafot etgan (25.02.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 16:20 holatiga koʻra). Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 421 407 yangi holati aniqlandi, 10 508 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (26.02.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 112 million 981 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 507 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 27,955 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (11,046 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (10,257 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,212 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,144 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 71 778, Hindistonda 16 738, Braziliyada 62 715, Rossiyada 11 198, Buyuk Britaniyada esa 9 938 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring