Dunyoda aniqlangan COVID-19 dan infeksiyalanganlar soni 250 milliondan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda SARS-CoV-2 koronavirusi bilan kasallanishning tasdiqlangan holatlari soni 250 milliondan, vafot etganlar soni esa 5,05 milliondan oshdi.
JSST eʼlon qilgan maʼlumotlariga koʻra, 9-noyabr holatiga koʻra, dunyoda 250 154 972 kishi koronavirus bilan kasallangan va 5 054 267 kishi vafot etgan. Bir kunda kasallanganlar soni 370 007 kishiga, vafot etganlar soni 6 183 taga koʻpaygan.
JSST statistik maʼlumotlari faqat davlatlar tomonidan taqdim etilgan infeksiyalanganlar va oʻlimlar haqidagi rasman tasdiqlangan maʼlumotlarni hisobga oladi. 18-oktyabrda holatiga koʻra 240 million, 5-avgustda 200 million, 13-iyunda esa 175 million kasallangan.
Maʼlumotlari JSSTga kelib tushgan infeksiyaning tasdiqlangan holatlarining aksariyati Qoʻshma Shtatlarda qayd etilgan – 46 193 234. Undan keyingi oʻrinlarda Hindiston (34 377 113) va Braziliya (21 880 439). Oʻlim holatlari eng koʻp AQSHda - 748 615, ikkinchi oʻrinda Braziliya (609 447), uchinchi oʻrinda Hindiston (461 389) turibdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring