Dunyo urushdan keyingi davrdan urushgacha boʻlgan davrga oʻtdi — Buyuk Britaniya mudofaa vaziri
Foto: AP
Dunyo urushdan keyingi davrdan urushgacha boʻlgan davrga oʻtdi. Ushbu fikrni Buyuk Britaniya Mudofaa vaziri Grant Shapps aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, Buyuk Britaniya NATOda “har doim harakatlantiruvchi kuch” boʻlgan va bundan faxrlanadi.
“Biroq NATOning oʻtmishiga hurmat koʻrsatishning oʻzi yetarli emas. Bugun biz yana bir bor zudlik bilan Alyans kelajagi haqida oʻylashimiz kerak. Biz urushdan keyingi dunyodan urushgacha boʻlgan dunyoga oʻtdik”, — deydi vazir.
Demokratiya va alyansni himoya qilishga qaratilgan harakatlar qatorida Shapps Ukrainani qoʻllab-quvvatlash boʻyicha saʼy-harakatlarni ikki baravar oshirish, NATO aʼzolari oʻrtasida mudofaa xarajatlarini oshirish va Yevro-Atlantika mudofaa sektorini mustahkamlashni sanab oʻtadi.
Uning soʻzlariga koʻra, alyansning baʼzi aʼzolari yalpi ichki mahsulotning 2 foizini ham mudofaa xarajatlariga ajrata olmaydigan vaziyat endi davom etmaydi, chunki NATO “oʻz kelajagi bilan rus ruletini oʻynay olmaydi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring