Dunyo boʻylab 30 mamlakatda koronavirusga qarshi emlash boshlandi – JSST
Dunyo boʻylab 30 mamlakatda aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari boshlandi.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining veb-saytida maʼlum qilindi.
JSST oʻtgan haftada favqulodda holatlarda qoʻllash uchun Pfizer/BioNTech vaksinasiga ruxsat bergan edi.
“Kecha birinchi mamlakatda “AstraZeneca” vaksinasi bilan emlash boshlanganini koʻrish yoqimli boʻldi. JSST ushbu virus avj olgani toʻgʻrisidagi hisobotini eʼlon qilganidan bir yil oʻtib, 30dan ortiq mamlakat oʻz aholisini koronavirusga qarshi turli vaksinalar bilan emlashni boshladi”, deyiladi tashkilot xabarida.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq koronavirusga qarshi emlash boʻyicha mamlakatlar reytingi eʼlon qilingan va unda emlanganlar soni emas, balki har 100 kishiga toʻgʻri kelgan emlashlar koʻrsatkichi hisobga olingandi.
Taʼkidlanishicha, ushbu reytingda har 100 kishiga 15,83 ta emlash toʻgʻri kelayotgan Isroil yetakchilik qilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring