Dunyo boʻyicha koronavirusdan vafot etganlar soni 4,5 millionga yaqinlashdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 216 million 229 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 4 million 496 mingdan ziyod kishi vafot etgan (30.08.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 9:48 holatiga koʻra).
Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 540 242 yangi holati aniqlandi. 6 385 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (25.08.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 15:06 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 213 million 269 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 4 million 453 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha:
AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 38,798 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan.
Ikkinchi oʻrinda Hindiston (32,737 milliondan ortiq),
uchinchi oʻrinda Braziliya (20,741 milliondan ortiq),
toʻrtinchi oʻrinda Fransiya (6,827 milliondan ortiq),
beshinchi oʻrinda esa Rossiya (6,803 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida:
AQSHda 189 121,
Buyuk Britaniyada 181 046,
Hindistonda 42 909,
Eronda 31 516,
Braziliyada 24 699 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga qarshi 5 milliard 221 million dozadan ortiq vaksina qoʻllanilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring