Dunyo boʻyicha koronavirus yuqtirganlar insonlar soni 120 milliondan oshdi

11:43 18 Mart 2021 Dunyo
995 0

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 120 million 383 ming nafardan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 664 ming nafardan ziyod kishi vafot etgan (17.03.2021-yil Yevropa vaqti bilan soat 19:34 holatiga koʻra).

Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 406 980 yangi holati aniqlandi, 7 492 nafar bemor vafot etdi.

Jons Xopkins universitetining hozirgi (18.03.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:26 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 121 million 196 ming nafardan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 680 ming nafardan ortigʻi vafot etgan.

Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 29,205 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Braziliya (11,519 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Hindiston (11,438 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,418 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,268 milliondan ortiq).

JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 49 651, Braziliyada 36 239, Hindistonda 28 903, Rossiyada 8 998, Buyuk Britaniyada esa 5 294 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер