Dunyo boʻyicha eng koʻp koronavirus bilan kasallanish holatlari Yaponiyada qayd etildi
Illustrativ foto
Kecha jahon boʻyicha 1,1 million nafardan ziyod kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.
Bu 20-iyul sanasiga nisbatan qariyb 500 mingta kam koʻrsatkichdir.
Eng yuqori kunlik holatlar quyidagi mamlakatlarda qayd etildi:
Yaponiya — 186 ming,
AQSH — 153 ming,
Buyuk Britaniya — 138 ming,
Germaniya — 108 ming,
Italiya — 81 ming,
Fransiya — 80 ming,
Janubiy Koreya — 68 ming,
Avstraliya — 52 ming,
Braziliya — 51 ming,
Meksika — 33 ming.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring