DTM: Sirdaryoda test sinovi paytida telefondan foydalangan abituriyent boʻyicha izoh berdi

23:37 02 Sentyabr 2020 Jamiyat
1032 0

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda abituriyentning test sinovida telefondan foydalanayotgani aks etgan video tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan jarayon nazorat qilinmayapti degan mazmunda eʼtirozlar bildirildi.

Mazkur holat tezkorlik bilan Davlat test markazi tomonidan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda aniqlandi. Hozirda holat boʻyicha Davlat test markazida barcha maʼlumotlar mavjud.

Bu holat Sirdaryo viloyatidagi 4-kameradan, yaʼni Guliston shahri markaziy stadionida boʻlib oʻtayotgan test sinovlaridan olingan boʻlib, mazkur abituriyentga tegishli tarzda chora koʻriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-apreldagi 261-son qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish uchun kirish test sinovlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom”ga muvofiq test sinovlari jarayonida videokuzatuvlar orqali abituriyentning tartib va qoidalarga amal qilmaganligi aniqlansa, abituriyent test sinovlari jarayonidan chetlashtiriladi va natijalari chiqarilmasligiga asos boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер