Dorilomon bolalariga bayram sovgʻasi
Foto: Xalq so‘zi
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi Dorilomon mahallasida istiqomat qiluvchi oʻgʻil-qizlar Yangi yil bayrami arafasida yangi maktabga qatnay boshladilar. Ular uchun «Toshsarfargʻisht» xususiy korxonasi tomonidan 330 oʻringa moʻljallangan 3 qavatli oʻquv binosi foydalanishga topshirildi.

Maktabning oldingi binosi 1975-yilda qurilgan boʻlib, zamon talablari asosida taʼlim berish uchun deyarli sharoit yoʻq edi. Qolaversa, 240 oʻrinli boʻlgani uchun sigʻimi ham torlik qilayotgandi. Endi bu muammolar Dorilomon bolalari uchun oʻtmishda qoldi.
5 mlrd. 834 mln. soʻm mablagʻ hisobiga qad rostlagan binoda fan xonalari, sport zali, kutubxona, oshxona kabi qulayliklar yaratildi. Uning foydalanishga topshirilishi qishloq ahli uchun haqiqiy bayram tadbiriga aylanib ketdi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring