Dorixonalarda ahvol qanday? — jamoatchilik nazorati natijalari
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan 2020-yilning 29-iyul kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan “Azitromisin”, “Askorbin kislotasi”, “Gidroksixloroxin”, “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida monitoring oʻrganish davom etdi. Bu haqda Federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat koʻrsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda oʻrganilganda mazkur dorixonalarda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Askorbin kislotasi” 700-4000 soʻmgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha? “Azitromitsin” 6 mingdan soʻmdan 34000 ming soʻmgacha, sotilayotganligi maʼlum boʻldi.
Andijon viloyatining dorixonalarida bu koʻrsatkich “Askorbin kislotasi” 200-3500 ming soʻmgacha ,“Gidroksixloroxin” mavjud emas , “Paratsetamol” 450-1000 soʻmgacha, “Azitromitsin” ning narxi 4500 mingdan 36 ming soʻmgacha ekanligi aniqlandi.
Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Askorbin kislotasi” 4500-40000 soʻmgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1500 gacha, “Azitromitsin” dorilari 300 dan 4000 soʻmgacha sotuvda.
Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham “Askorbin kislotasi” 1000-2000 soʻmgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas , “Paratsetamol” 500-1000, “Azitromitsin” 5000-15000 soʻmgacha sotuvda mavjud.
Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Askorbin kislotasi” 500-5000 soʻmgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000, “Azitromitsin” 5000-15000 soʻmgacha sotilmoqda.
“Askorbin kislotasi” 700-5000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 400-1000 gacha “Azitromitsin”dori vositasi esa 5000-15000 gacha Navoiy viloyatining dorixonalarida sotilmoqda.
Sirdaryo viloyati dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 1000-2000 soʻmgacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol”500-1000, “Azitromitsin” esa 6000-42900 soʻmgacha sotilyapti.
Fargʻona viloyatining dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 900-1000 gacha , “Gidroksixloroxin” dori vositasi mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1200, “Azitromitsin” 5 mingdan 15 ming soʻmgacha turibdi.,
Xorazm viloyatida esa “Askorbin kislotasi” 500-2000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 500-1000, “Azitromitsin” 4000 dan 19800 soʻmgacha.
Toshkent viloyatida “Askorbin kislotasi”800dan 1200 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000 soʻmdan “Azitromitsin” 8000 dan soʻmdan 17000 soʻmgacha,
Toshkent shahrida “Askorbin kislotasi”500-3000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 1000-1500 gacha “Azitromitsin” 7000dan 44000 soʻmgacha sotilayotganligi aniqlandi.
Namangan viloyatining “Askorbin kislotasi”100-1000 gacha, “Gidroksixloroxin” mavjud emas, “Paratsetamol” 600-1000 gacha “Azitromitsin” 4000- 12000 soʻmgacha, “Plakvenil” dorisi 234 ming soʻmdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.
Federatsiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi doimiy oʻrganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring