Dori vositalari dorixona peshtaxtasiga qanday joylashtiriladi?
Dorixonalar sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziqlantirish mahsulotlarini, maʼdanli suvlarni, shuningdek davolash-kosmetika mahsulotlarini, biologik faol qoʻshimchalarni realizatsiya qilish uchun ruxsatnoma boʻlishi shart.
Dorixonada barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar narxi koʻrsatilgan holda hamda dorixona javobgar shaxsining imzosi bilan sotuvga qoʻyiladi.
Dorixona sotuv zali peshtaxtasiga faqat shifokor retseptisiz beriladigan dori vositalari va tibbiy buyumlar qoʻyiladi.
Shifokor retseptlari asosida beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini dorixona peshtaxtasiga qoʻyish taqiqlanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring