Donald Tramp Twitterʻdagi akkauntini qaytarish uchun sudga murojaat qildi

18:09 02 Oktyabr 2021 Dunyo
1115 0

AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Floridaning federal sudidan oʻz sahifasini vaqtincha tiklashga majburlashni soʻradi. Bu haqda Ria Novosti xabar berdi.

Trampning Twitterʻga nisbatan iltimosnomasi juma kuni Floridadagi sudga yuborilgan. Trampning qayd etishicha, Twitter sobiq prezident hisobini Kongressdagi siyosiy raqiblari bosimi ostida yopgan. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Twitter Tramp bayonotiga izoh bermagan.

Tramp, shuningdek, Qoʻshma Shtatlar prezidenti boʻlib ishlaganida, Twitter uning hisobini asossiz ravishda senzura qilib, oʻz postlarini “notoʻgʻri maʼlumotlar” deb belgilaganini qoʻshimcha qilgan.

2021-yil yanvar oyida Twitter “zoʻravonlikka undash xavfi ostida” Tramp hisobini muzlatib qoʻygan. Bundan tashqari, yanvar oyining boshida Facebook, Twitter, Instagram va boshqa ijtimoiy tarmoqlar Trampning profiliga kirishni turli davrlarga yopib qoʻygan edi. Bunday choralarning qoʻllaninlishiga sabab AQSh prezidentining 6-yanvar kuni AQSh Kongressi binosida namoyish uyushtirgan qoʻzgʻolonchilarga murojaati sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер