Donald Tramp portretini 100 dollarlik kupyuraga joylashtirish taklif qilindi
Texaslik respublikachi kongressmen Brandon Gill prezident Donald Trampning portreti 100 dollarlik kupyuraga joylashtirilishi boʻyicha qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda “Fox News” xabar qildi.
AQSH respublikachilarining nazarida, Tramp nafaqaga chiqib, oilasi bilan dam olish oʻrniga, mamlakat chegaralarini mustahkamlash, xalqaro savdodagi tengsizlikni bartaraf etish va Amerika iqtisodiyotini yuksaltirishga kirishgan. Uni munosib taqdirlash maqsadida ushbu qonun loyihasi taklif etilmoqda.
Loyiha qabul qilingan taqdirda, tegishli banknotalarni 2029-yildan boshlab muomalaga chiqarilishi rejalashtirilgan.
Taʼkidlash joiz, kongressmenning taklifi Qoʻshma Shtatlar prezidenti sharafiga yangi 250 dollarlik kupyura yaratish haqidagi tashabbusdan keyin ilgari surilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring