Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

11:26 14 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1194 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 15-dekabrdan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 463 soʻm 12 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 20 soʻm 05 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 671 soʻm 88 tiyinga baholanib, 14 soʻm 88 tiyinga qimmatladi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 2 soʻm 40 tiyinga koʻtarildi. Xususan, 1 rubl 143 soʻm 45 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер