Dollarning rasmiy kursi yana koʻtarildi

14:05 11 Yanvar 2021 Iqtisodiyot
967 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, ertaga, 12-yanvardan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 473 soʻm 20 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 23 soʻm 76 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 12 796 soʻm 16 tiyinga baholanib, 34 soʻm 26 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 84 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 141 soʻm 29 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер