Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

11:35 08 Iyun 2020 Iqtisodiyot
1774 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 9-iyundan eʼtiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 10 153 soʻm 19 tiyinni tashkil etib, oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 4 soʻm 88 tiyinga qimmatlashdi.

1 yevro kursi 11 456 soʻm 86 tiyinga baholanib, 194 soʻm 27 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi oʻtgan haftaga nisbatan 3 soʻm 90 tiyinga qimmatlashdi. Xususan, 1 rubl 147 soʻm 95 tiyin etib belgilangan.

Valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер